Jamiyat

faoliyatining predmeti va maksadlari

«MARKAZIY DEXKON BOZORI» aksiyadorlik jamiyati (matn davomida "jamiyat" deb nomlanadi) Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 29 martdagi 171-sonli va 1995 yil 4 dekabrdagi 448-sonli karorlari asosida Andijon viloyat Davlat mulkini boshkarish va tadbirkorlikni kullab-kuvvatlash boshkarmasining 1996 yil 22 maydagi 677-sonli buyrugi bilan Andijon shaxar «Jaxon» dexkon bozori negizida ta'sis etilgan.


Jamiyat faoliyatining asosiy maqsadi axoli va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga ular tomonidan nooziq-ovqat xamda oziq-ovqat maxsulotlarining oldi-sotdi jarayonlarini amalga oshirishga savdo kompleksidagi mavjud vositalar bilan yordam bergan xolda barcha sharoitlarni yaratish; Savdo kompleksida tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan maxsulotlarni tegishli tashkilotlarni jalb qilgan xolda foydalanishga yaroqli va axolini sog‘ligi uchun zararsiz xolda sotilishini nazorat qilish; Savdo kompleksida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, xo‘jalik sub'ektlariga xamda xaridorlarga maxsulotlarni kompleks xududiga olib kelish va olib chiqish, yuk saqlash bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish; Jamiyat asosiy faoliyatidan tashqari quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqiga ega:

- mijozlarga mexmonxona, transport xizmati, avtoservis,transport vositalarini yuvish, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat va sayoxat xizmatlarini ko‘rsatish;

- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish;

- o‘z pul mablag‘laridan va buyumlaridan foydalanish xamda egalik kilish;

- O‘zbekistondagi va xorijdagi bank muassasalarida xisob raqamlarini ochish, shu jumladan valyuta xisob raqamlarini ochish;

- moliya kredit tashkilotlaridan so‘m va boshqa xorij valyutalari ko‘rinishida kredit olish;

- boshka korxona va tashkilotlar chiqargan qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olish va shunday qog‘ozlarni o‘zi xam muomalaga chiqarish;

- xodimlar shtat jadvalini va tarkibini, ish xaqi miqdorini mustaqil belgilash;

- mutaxasislarni zarur bo‘lganda chet davlatlarga xizmat safariga yuborish va chet ellik mutaxasislarni qabul kilish;

- O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda vakolatxonalar, shaxobchalar, jamiyatlar, uyushmalar, jamg‘armalar va qo‘shma korxonalar ochishda qatnashish;

- jamiyat ish jarayonini yaxshilash uchun ichki nizomlar qabul kilish va bu nizomlarni mustaqil ravishda ustamalar, jarimalar va mukofotlar sistemasini ishlab chiqish;

- xorijiy davlatlarga investitsiya va reinvestitsiya qilish;

- ulgurji va chakana savdo-sotiq uchun «Savdo uylari» tijorat markazlarini ochish;

-o‘z faoliyati maqsadlarini bajarish uchun reklama, xomiylik, mexr-shavqat tadbirlari, kim oshdi savdolari, festivallar, konkurslar, maxsus ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni O‘zbekiston va boshka xorijiy davlatlarda tashkil kilish, o‘tkazish yoki qatnashish;

- qonunda belgilangan tartib asosida pul buyum lotereya o‘yinlarini tashkil etish va sotish;

- sport o‘yinlarini tashkil etish va pullik xizmatlar ko‘rsatish;

-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta'qiqlanmagan barcha boshqa faoliyatlarni amalga oshirish;

-Jamiyatning maxsus ruxsat talab etadigan (litsenziya) faoliyati, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

- Jamiyat bajariladigan ishlari asosan jamiyatga tegishli bulgan bino, dukon va rastalarni ijaraga berish xizmatlari ya'ni ijara xizmatlarini ko‘rsatadi.